Barcha mahsulotlar

Unipolis mahsulotlari

Minglab odamlar va korxonalar o'z manfaatlarini himoya qilish uchun bizga ishonadilar!
541989e293680a791172dc76325e9dc3-removebg-preview.png
Yer ustidagi transport vositalarini sugʻurtalash

Har qanday haydovchi mashinasini kutilmagan hodisalardan himoya qilishni xohlaydi. Avtomobilni Toshkentda sugʻurta qilmoqchimisiz? Unipolis sizga bu masalada yordam beradi — oʻzingizni biz bilan birga yoʻl-transport hodisalari (YTH), oʻgʻirlashlar va boshqa baxtsiz hodisalardan himoya qiling!

Chet elga sayyohatga ketayotlarni sugʻurtalash

Chet elga ketayapsizmi? Unipolis bilan birgalikda baxtsiz hodisalardan oʻzingizni himoya qiling! “Chet elga sayyohatga ketayotlarni sugʻurtalash” polisi sizga boshqa mamlakatda turli xatarlardan sugʻurtalanishga yordam beradi va pulingizni kutilmagan xarajatlardan himoya qilishga yordam beradi.

Uy va xonadonni sugʻurtalash

Oʻzingiz yashayotgan uy yoki xonadonning xavfsizligi haqida gʻamxoʻrlik qilmoqchimisiz? Unipolis bilan birgalikda turar joyingizni sugʻurtalang! Biz sizning uyingizni turli xatarlardan va oʻzingizni kutilmagan taʼmirlash xarajatlaridan himoya qilamiz. Agar siz qoʻshnilaringizni suv bostirishdan, devorni teshib qoʻyish yoki boshqa baxtsiz hodisadan qoʻrqsangiz, biz sizning qoʻshnilaringiz oldidagi fuqarolik javobgarligingizni himoya qila olamiz. Ushbu siyosat nafaqat uy egalariga, balki ijarachilarga ham tegishli.

Sportchilarni sugʻurtalash

Sport bilan faol shugʻullanish maroqli va ayni paytda xavflidir! Kutilmagan jarohatlardan sugʻurta qilish – bu har bir sportchi oʻylashi kerak boʻlgan masaladir. Unipolis ning “Sportchilarni sugʻurtalash” polisi sport jarohatlarini davolash bilan bogʻliq xarajatlarini qoplashga yordam beradi.

Baxtsiz hodisalardan sugʻurtalash

Oʻz jigarlari va yaqinlarini himoya qilish - bu har qanday insonning tabiiy xohishi. Unipolis sugʻurta kompaniyasi salomatlik uchun turli xavflardan ishonchli himoyani taʼminlashga yordam beradi. Qarindoshlaringiz, doʻstlaringiz va Sizning boshqa yaqin insonlaringizni biz bilan birga sugʻurtalang!

Universitet talabalarining shartnoma bo'yicha to'langan summasini sug'urta qilish

Universitet talabalarining shartnoma bo'yicha to'langan summasini sug'urta qilish

Bank kartalarini sugʻurtalash

Bizning pullarimiz bank kartalarida saqlanadi va koʻpincha ularning PIN-kod bilan himoyalanganligining oʻzi yetarli boʻlmaydi. Unipolis bilan birgalikda plastik kartangizdagi mablagʻlaringizni sugʻurtalang! Biz sizlarni kartani yoʻqotishdan boshlab, pullaringiz uchinchi shaxslar tomonidan kutilmagan yechilishigacha boʻlgan salbiy holatlardan xalos qilamiz.

Temir yoʻl harakatdagi tarkibni sugʻurtalash

Temir yoʻllar orqali transportirovka qilish eng xavfsiz turlardan hisoblanadi, lekin falokat kutilmagan yerdan chiqib qolishi mumkin. Sugʻurta hodisasi yuzaga kelganda Unipolis sugʻurta kompaniyasi xarajatlaringizni qoplashga yordam beradi.

Maxsus texnikani sugʻurtalash

Har bir kompaniya uchun maxsus texnika ishlab chiqarishning ajralmas qismi hisoblanadi, va uning buzilishi foydaning boy berilishiga olib keladi. Unipolis bilan birgalikda qimmatbaho uskunalarni sugʻurtalang va baxtsiz hodisalar yuzasidan tashvishlanmang.

Korporativ avtotransportni sugʻurtalash

Korporativ avtotransport — bu kompaniyaning muhim tarkibiy qismi va uning xavfsizligi haqida qaygʻurish kerak. Unipolis kompaniyaning mashinasini sugʻurtalashga yordam beradi! Bizning yordamimiz bilan siz kam sonli transport vositalarini ham, butun boshli avtosaroyni ham himoya qila olasiz. Shu bilan birga biz haydovchilar va yoʻlovchilarni baxtsiz hodisalardan sugʻurtalash xizmatlarini taklif qilamiz.

Elektron va qimmatbaho texnikani sugʻurtalash

Ishlab chiqarishda qimmatbaho elektron texnikadan foydalanib, u but saqlanishi haqida gʻamxoʻrlik qilmoqchimisiz? Unipolis kompaniyasi sizning biznesingizni mol-mulkingizga ziyon yetkazishi mumkin boʻlgan kutilmagan hodisalardan sugʻurtalashga yordam beradi.

Axborot xatarlaridan sugʻurtalanish

Axborot maydoni — bu axborot uzatish, almashish va saqlash uchun eng ommabop joydir. Shu bilan birga, sizning muhim axborotingiz duch kelishi mumkin boʻlgan keng doiradagi xavf-xatarlar mavjud. Tavakkal qilmang va Unipolis kompaniyasi bilan birgalikda raqamli mulkingizni sugʻurtalang!

Koʻrgazmalar, sport va madaniy-tomosha tadbirlar tashkilotchilarini sugʻurta qilish

Koʻrgazmalar va konsertlarni tashkil qilishda ixtisoslashib, mol-mulkingiz xavfsizligi haqida tashvishlanyapsizmi? Unipolis kompaniyasi mulkingiz but saqlanishi haqida gʻamxoʻrlik qiladi va tashrif qiluvchilar oldida sizning javobgarligingizni sugʻurta qiladi.

Rielterlarning fuqarolik javobgarligini sugʻurtalash

Rielterlik faoliyati bilan shugʻullanasiz va oldindan moʻljallanmagan zararlar haqida xavotirlanyapsizmi? Obroʻ-eʼtiboringiz va pullaringizni Unipolis bilan saqlab qoling! Biz sizning fuqarolik javobgarligingizni sugʻurta qilamiz va sugʻurta hodisasi natijasida keltirilgan zararlarni qoplaymiz.

Mulkni barcha xavf-xatarlardan sugʻurtalash

Biznesning daromadi kompaniyaning har bir komponentiga bogʻliq, va agarda komponentlardan birontasi ishdan chiqadigan boʻlsa – butun mexanizm toʻxtab qolishi mumkin. Oʻz ishlab chiqarish jarayonlaringizni xavf ostiga qoʻmang va mulkingizni Unipolis bilan birgalikda sugʻurtalang!

Lizing boʻyicha berilgan mulkni sugʻurtalash

Moliyaviy ijarachimisiz yoki lizing boʻyicha mulk olishni rejalashtiryapsizmi? Mulkingiz but boʻlishi uchun xavotirlanish — bunday vaziyatlarda tabiiy holat. Lizing predmetini Unipolis bilan birgalikda sugʻurta qiling va mulkingiz but saqlanishi uchun xavotirlanishni toʻxtating!

Bojxona brokerlarining javobgarligini sugʻurtalash

Bojxona brokerlarining faoliyati qator xavf-xatarlarni oʻz ichiga oladi. Unipolis kompaniyasi bilan ulardan qutulish va oʻz professional faoliyatingizni sugʻurtalashingiz mumkin. Biz sizni sugʻurta hodisalar yuzaga kelganda qutqaramiz va sizning mulkiy manfaatlaringizni himoya qilamiz!

Yuk tashuvlarini sugʻurtalash

Siz yuk joʻnata turib, uning but-butun yetib borishi haqida qaygʻurayapsizmi? Unda Unipolis ning “Yuk tashuvlarini sugʻurtalash” polisi bilan birga oʻz mol-mulkingizni sugʻurtalang. Sizning yukingiz shikastlanishi yoki yoʻqotilishi bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlaringizni biz qoplab beramiz.

Ekspeditorlar javobgarligini sugʻurtalash

Siz ekspeditorlik xizmatlarini taklif qilasiz va kutilmagan holatlar haqida qayg'urasizmi? Unipolis sug'urta kompaniyasi bilan birgalikda o'zingizni xavf-xatarlardan himoya qiling! Biz sizning javobgarligingizni ta'minlashga va xarajatlarni qoplashga yordam beramiz.

Turizm sohasidagi faoliyat qatnashchilarining javobgarligini sugʻurtalash

Siz oʻz xizmatlaringizni turizm sohasida taqdim etib, faoliyatingizda kutilmagan xatolarga yoʻl qoʻyishni xohlamaysizmi? Kasbiy javobgarligingizni Unipolis bilan birgalikda xavflardan xalos qiling. Mijozlar oldida professional xato roʻy bergan holda biz xarajatlaringizni qoplaymiz.

Chet elga safarni bekor qilish bilan bogʻliq xarajatlarni sugʻurtalash

Sayohatga chiqishni rejalashtiryapsiz, lekin kutilmagan hodisalardan xavotirdamisiz? Unipolis himoyasidan foydalaning va oʻzingizni xavf-xatarlardan saqlang. Agar vizani rad etish, kutilmagan kasallik yoki boshqa sugʻurta hodisasi tufayli sayohatingiz bekor qilinsa, biz sizning xarajatlaringizni qoplaymiz.

Soliq konsultantlarining professional javobgarligini sugʻurtalash

Soliq konsultatsiyasi eʼtiborni talab qiladi va xatolarga toqat qilmaydi. Unipolis kompaniyasi bilan birgalikda professional xato qilish xavfidan oʻzingizni sugʻurtalang. Biz mijozingizga sugʻurta hodisasi natijasida yetkazilgan zararni qoplab beramiz.

Sud boshqaruvchilarining professional javobgarligini sugʻurtalash

Sud boshqaruvchisining xizmatlarini taqdim etib, oʻz faoliyatingizni amalga oshirayotganda xatolarga yoʻl qoʻymaslikni xohlaysizmi? Unipolis sugʻurta kompaniyasi sizga bu masalada yordam beradi va sugʻurda hodisasi yuzaga kelganda zararni qoplab beradi.

Yuristlarning professional javobgarligini sugʻurtalash

Xato qilish ehtimoli har qanday kasbda – yuristlarda ham mavjud. Oʻz obroʻingizni saqlab qolishni va xato qilish xataridan xalos boʻlishni xohlaysizmi? Unipolis komapniyasi sizning mijozlar oldidagi professional javobgarligingizni sugʻurta qiladi.

Baholovchilarning professional javobgarligini sugʻurtalash

Baholovchi sifatida xizmat koʻrsatib, kelgusida roʻy berishi mumkin boʻlgan xatolar yuzasidan xavotirlanyapsizmi? Unipolis bilan birga mijozlar oldidagi javobgarligingizni sugʻurta qiling! Biz sizga sugʻurta hodisasi yuzaga kelganda yordam beramiz va mijozga yetkazilgan zararni qoplaymiz.

Notariuslarning professional javobgarligini sugʻurtalash

Notariuslarga katta masʼuliyat yuklatilgan va bu yoʻnalishdagi faoliyatning har bir vakili xavf ostida boʻlishni xohlamaydi. Unipolis dan «Notariuslarning professional javobgarligini sugʻurtalash» polisi bilan birga oʻz obroʻingizni sugʻurta qiling. Biz tasodifiy professional xato natijasida yetkazilgan zararlarni qoplaymiz.

Auditorlarning professional javobgarligini sugʻurtalash

Oʻzingizning auditorlik obroʻingizni xavf ostiga qoʻymang va mijozlar oldidagi oʻz professional javobgarligingizni sugʻurta qiling! Unipolis kompaniyasi auditorlik xizmatlarini koʻrsatishda professional xatoga yoʻl qoʻymasligingizga yordam beradi.

Tibbiyot muassasalarining javobgarligini sugʻurta qilish

Tibbiyot muassasaning manfaatlarini ifodalaysizmi yoki ushbu muassasaning rahbari hisoblanasizmi? Oʻz javobgarligingizni sugʻurta qiling – mijozlaringizni xavf ostida qoldirmang. Unipolis sugʻurta kompaniyasi bu masalada sizga yordam beradi va sugʻurta hodisasi natijasida yetkazilgan zararni qoplashga yordam beradi.

Baxtsiz hodisalardan jamoaviy sugʻurtalash

Turli xil jarohatlar xodimlar uchun ham, ish beruvchilar uchun ham doimo koʻngilsiz boʻladi. Odamlaringiz va faoliyatingizni xavf ostiga qoʻymang! Unipolis kompaniyasi xodimlaringizni sugʻurta qiladi va biznesingiz barqarorligini taʼminlaydi.

Ishlab chiqarish to'xtatilganda yo'qotish xavfini sug'urtalash

Kompaniyaning foydasi ishlab chiqarish jarayoniga bog'liq va bunday muhim bosqichni xavf ostiga qo'yish to'g'ri qaror emas! Unipolis ishlab chiqarishning rejalashtirilmagan to'xtashi tufayli yo'qotilgan foydani qoplash bo'yicha o'z xizmatlarini taklif qiladi. Biz sizning xotirjamligingiz uchun g'amxo'rlik qilamiz!

Shartnoma majburiyatlari bajarilmagan taqdirda moliyaviy risklarni sug'urtalash

Har doim shartnomani bajarmaslik xavfi mavjud va keyingi moliyaviy yo'qotishlar ishonchli himoya ostida bo'lishi kerak! Moliyangizni majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslikdan Unipolis bilan birgalikda sug'urtalang!

Formani to'ldiring va yuboring va bizning mutaxassislarimiz siz bilan bog'lanadi!

+998
CAPTCHA